Hukumat qarori (727-son, 02.12.2021 y.) bilan 1975 yildagi Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish daftarchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi Bojxona konvensiyasini qo‘llash haqidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, xalqaro yo‘llarda tashish (XYT) tartib-taomillari asosida tashiladigan tovarlar oraliq bojxona organlarida olib kirish yoki olib chiqish uchun boj va soliqlarni to‘lash yoki depozitga qo‘yishdan ozod etiladi.

Bunday bojxona organlarida XYT daftarchasini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

XYT tartib-taomillariga asosan muhrlangan transport vositalarida, muhrlangan trasport vositalarining tarkibida yoki konteynerlarda tashilgan tovarlar oraliq bojxona organlarida bojxona ko‘rigidan ozod qilinadi.

XYT tartib-taomillari quyidagi holatlarda qo‘llaniladi. Tovarlar:

  • XYT daftarchasi bilan kuzatib borilsa;
  • Kafolat uyushmasi kafolati bilan taʼminlansa;
  • Bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berilgan transport vositalarida, trasport vositalarining tarkibida yoki konteynerlarda tashilganda.

Transport vositalariga “TIR” yozuvli lavha yopishtirilishi lozim.

Har bir XYT daftarchasi uchun 100 000 yevrogacha bojxona to‘lovlari va soliqlarni to‘lash kafolatlanadi.

XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va “Toshkent-AERO” bojxona kompleksi tomonidan beriladi.

Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.