Toshkentda Magnumning birinchi gipermarketi 11-dekabr kuni ochiladi. Bu haqda kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar beriladi.
U Chilonzor tumanidagi 7500 kv.m maydonda joylashgan Integro savdo majmuasida ochilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilning yanvar oyida kompaniya direktori Azamat Osmanov 2021-yilda Toshkentda oltitagacha do’kon ochishni rejalashtirgan edi.
Kompaniya xaridorlarga O’zbekiston va Qozog’istonda ishlab chiqarilgan hamda boshqa mamlakatlardan olib kelingan turli xil tovarlarni (20 000 donagacha) taklif qilmoqchi. Chakana savdo kompaniyasi Magnum Club bonus dasturini ham ishga tushiradi.
May oyida esa kompaniya doʻkonlariga kadrlar yigʻishni boshlaganligi haqida Spot yozgan edi.