O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 26-noyabrdagi 75-son va Davlat soliq qo‘mitasining, 19 noyabrdagi 2021−49-son “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 1-dekabrda 3339-son bilan ro‘yxatga olindi.
Ushbu qaror 2021-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi va unga muvofiq alkogol mahsulotlari (pivodan tashqari) uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar 2021-yil 1-dekabrdan boshlab quyidagi miqdorlarda belgilandi:
Bunda, har bir sig‘imdagi alkogol mahsulotlarini eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlari 1 litr tayyor mahsulot uchun belgilangan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlardan kelib chiqqan holda mutanosib ravishda to‘g‘ri belgilanishi lozim.
2021-yil 1-dekabrdan boshlab alkogol mahsulotlari yuqoridagi qarorda belgilangan eng kam narxlardan past narxlarda sotilishi mumkin emas.
Bunda, 2021-yil 1-dekabr holatiga ishlab chiqaruvchi korxonalardagi hamda chakana savdo korxonalaridagi alkogol mahsulotlarining qoldiqlari ham 2021-yil 1-dekabrdan kuchga kiradigan eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlardan past bo‘lmagan narxlarda sotilishi lozim.
Avvalroq Spot, mart oyida alkogolli mahsulotlar narxi oshirilishi haqida xabar bergan edi.