Prezident qarori bilan Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etildi.
Institut davlat OTM hisoblanib, Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali talabalari tahsil olayotgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha Institutda oʻqishni davom ettiradi.
Xabarda aytilishicha, institutning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2022/2023-oʻquv yilidan yetakchi OTMda tegishli magistratura mutaxassisliklari va 2023 yildan tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlash choralari koʻriladi.
Avvalroq Termizda agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etilgan edi.