“O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining bir qator moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Xususan, kodeksning 337 va 452-moddalariga 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab sement (klinker) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi korxonalarga belgilangan 20 foizlik foyda solig‘i stavkasini 15 foizga pasaytirish, 2022 yil 1 yanvardan boshlab esa sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 1 tonna ohaktosh uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini ikki baravarga kamaytirish taklif qilinmoqda.
Йonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.