Toshkent metropoliteni matbuot xizmatining xabar berishicha, tirbandliklarni oldini olish va poyezdlar harakati oraliq intervallarini qisqartirish maqsadida poyezdlar harakati jadvali qayta koʻrib chiqiladi.
Ta’kidlanishicha, metropoliten barcha yoʻnalishlarda “tigʻiz paytlarda” oraliq intervallarini maksimal darajada qisqartirish va barcha imkoniyatlardan foydalangan xolda qoʻshimcha harakat tarkiblari sonini koʻpaytiradi.
Shuningdek, metropolitenning asosiy ish faoliyatiga taʼsir qilmagan xolda “Chilonzor” elektrodeposi tasarrufidagi harakat tarkiblari texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Avvalroq Spot Toshkentdagi metro qurilishiga $354,3 mln ajratilishi haqida yozgan edi.