Britaniyaning Cable.co.uk nashrining tadqiqotlariga koʻra, Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng tez internet Qirgʻizistonda qayd etilgan.

Unga koʻra, Qirgʻiziston 5 gigabaytlik faylni 7,44 Mbit/s oʻrtacha yuklab olish tezligi bilan 155-oʻrinni egalladi. Undan keyin 166-oʻrinni egallagan Oʻzbekiston bormoqda.

Nashr Oʻzbekistonda 5 gigabaytlik fayl oʻrtacha 6,64 Mbit/s tezlikda yuklab olinishi qayd etilgan hisobotni eʼlon qildi. Ushbu koʻrsatkich boʻyicha mamlakat 224 davlat orasida 166-oʻrinni egalladi.

Jadvalda MDHning 11 davlatidan aksariyatini oʻrta pogʻonalardan boshlab topish mumkin. Mintaqada oʻrtacha tezlik 12,87 Mbit/s.ni tashkil qiladi. Mintaqadagi eng yirik uchta davlat qatoriga Rossiya (35,73 Mbit/s, 66-oʻrin), Ukraina (25,26 Mbit/s, 77-oʻrin) va Belarus (19,86 Mbit/s, 92-oʻrin) kiradi.

Qirgʻiziston roʻyxatda 155-oʻrinni egalladi. Mintaqada internet tezligi eng past mamlakatlar sifatida Turkmaniston (dunyodagi eng sekin — 0,50 Mbit/s, 224-oʻrin), Tojikiston (1,82 Mbit/s, 211-pogʻona) va Qozogʻiston (5,83 Mbit/s, 173-oʻrin) qayd etildi. Bundan tashqari, Tojikiston va Turkmaniston dunyodagi tezligi eng past internet ulanishlari oʻntaligiga kiradi.