9-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda asosiy stavkani oʻzgarishsiz, 14% darajasida qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
MB boshqaruvining bundan oldingi oxirgi yigʻilishi 21-oktyabrda boʻlib oʻtgan va unda ham asosiy stavkani oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandi.
Regulyatorning asosiy stavkasi soʻnggi marta 2020-yil 10-sentyabrda oʻzgargan, oʻshanda stavka 1% bandga pasaytirilgandi.
Oʻzbekiston tarixida qayta moliyalash stavkasining eng yuqori koʻrsatkichi 1995-yilda kuzatilgan boʻlib, oʻsha paytda asosiy stavka 300% ga yetgandi. Shundan soʻng, 2017-yilgacha asosiy stavka pasayib borgan va 27-iyunda 9% ni tashkil etgan.
Avvalroq Markaziy bank markaziy bank inflyatsiyaning tezlashib ketish sabablarini ma’lum qilgandi.