Spot yil sarhisobini qilmoqda. Bu 2021-yil davomida O’zbekiston bozoriga kirib kelgan xorijiy kompaniyalar brendlari bilan bog’liq tahlil bo’ladi.
Koronavirus va uning oqibatlari hali to’liqligiсha bartaraf etilganicha yo’q. Chegaralarning yopilishi va virusning yangi shtammlari biznesga anchayin salbiy ta’sir ko’rsatdi.
Shunga qaramasdan, xorijiy kompaniyalar O’zbekistonga kirib kelishga va investitsiya qilishga qiziqish bildirishmoqda.
Mahalliy bozorga bir necha o’nlab xalqaro kompaniyalar kirdi, ulardan biz o’z talqinimiz bo’yicha eng muhimlarini tanladik.
Magnum
Qozog’istonning yirik chakana savdo tarmog’i hisoblangan Magnum Cash&Carry O’zbekiston bozorida qachon ish boshlashini e’lon qildi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati Spotga xabar berdi.
Kompaniya direktori Azamat Osmanov 2021-yilda Toshkentda oltitagacha do’kon ochishni rejalashtirgan bo’lib, ular asosan gipermarket shaklida bo’lishini aytib o’tdi.
Spotify
“Spotify” bu — onlayn formatdagi millionlab musiqa, video va podkastlarni birta platformada qulay qilib taqdim qiladigan ilova. Dunyo bo’ylab san’atkorlar va qo’shiqchilar ilovaga o’z ijodlarini yuklashlari mumkin.
Ilova turli xil qurilmalarga jumladan, kompyuter, telefon, planshet va xatto moshinalarga yuklanishi mumkin. Spotify Connect xizmati orqali qurilmalar orasida biridan ikkinchisiga o’tish mumkin.
Platformaning eng mashhur xizmatlaridan biri bu musiqa qidirishni osonligi va yoqtirgan qo’shiqlarni osonlikcha topib bilish qulayliklari. “Radio” usuli boshlang’ich qo’shiqni tanlagandan keyin, o’xshashlarini o’zi topib beradi va alohida pleylist ham yaratib berishi mumkin.
Arla Foods
Bu sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniya. U O’zbekiston bozoriga kirib, 30 dan ortiq mahsulotlarni taqdim etdi, jumladan, motsarella, pishloqlar, krem-pishloq va boshqalar.
inDriver
Kompaniya 2 marta 2016 va 2018-yillardagi urinishlardan so’ng 2021- yilda O’zbekistonga kirib keldi. Bu Rossiyaning yo’lovchi tashish xizmatidir.
MyCrane
Bu kran (ko'targichlar) ijarasi bo’yicha B2B- platforma bo’lib, mijozlar u orqali o’z xohishlariga ko’ra mashina buyurtma qilishlari mumkin.
Digital Holding
“USM Telekom” va MegaFon o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyodagi eng yirik telekommunikatsiya bozorining texnologik ilg‘ori bo‘lishi kutilgan yangi qo‘shma korxona — Digital Holding’ni tashkil etishdi. Yangi QK tarkibidan mamlakatning telekommunikatsiya bozori ilg‘ori bo‘lgan Ucell kompaniyasi hamda USM’ning O‘zbekistondagi aktivlari — CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan o‘rin olishdi.
O‘zbekiston xukumati Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) orqali QKga Ucell telekom-operatorining 100% ulushini topshirmoqda. Rossiya tomoni Digital Holding rivojlanishi uchun 100 mln dollar miqdorida investitsiya, shu bilan birga USM’ning sho‘'ba korxonalari — CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan kiritmoqda.
Renault
Renualt kompaniyasi Roodell dilerlik tarmogʻi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston hududida avtomobil ishlab chiqarish va sotishni yoʻlga qoʻyishni boshlamoqda.
Brend mamlakatda mashinalarni yigʻish va dilerlik tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha uzoq muddatli loyihani amalga oshirmoqchi.
Mavzuga doir: Renault Uzbekistan sotuvlar boshlanganini eʼlon qildi
Bozorga chiqishni rejalashtirayotgan kompaniyalar
Burger King
Burger King Oʻzbekiston bozoriga kirib keladi. Bu haqda bir nechta Spot manbalari xabar berishdi, maʼlumotni HR ham tasdiqladi.
Burger King Uzbekistan — bu franshiza. Franchayzer esa — Moskva. “Burgerhouse MChJ” allaqachon tashkil etilgan boʻlib, xodimlarni ishga yollash boshlangan.
Restoran xodimlarining (direktori va menejerlari) AUP uchun treninglari Moskvada boʻlib oʻtadi.
“220 Вольт”
DIY do‘konlari tarmog‘i 2018-yildayoq O‘zbekiston bozoriga kirishga urinib ko‘rdi. Keyin rejalar hech qachon amalga oshmadi. Hozirda kompaniya Rossiyaga qoʻshni davlatlar, jumladan, Oʻzbekistondan franchayzing biznesini ochish uchun arizalar soni koʻpayganini qayd etmoqda.
Chery
Xitoylik avtomobil ishlab chiqaruvchisi O‘zbekiston bozoriga 2022-yilning birinchi yarmida kirishni rejalashtirmoqda. Pro seriyasi birinchi bo’lib sotuvga chiqishi kutilmoqda. Toshkentda ilk avtosalonlar paydo bo‘ladi. Keyinchalik kompaniya geografiyasini kengaytirib, Chery avtomobillarini mamlakatning yana yettita shahrida taqdim etish niyatida.