13-dekabr, dushanba kuni bir qancha banklar dollar kursini oshirdi.
Aksariyat banklar Amerika valyutasi 10 860 soʻmdan sotish, 10 755 — 10 810 soʻmdan sotib olish taklifini bermoqda.
Eng arzon dollar sotilayotganlar — “Aloqabank”, “Asia Alliance Bank” va “Trastbank” boʻlib, ularning har biri 10 830 soʻmdan taklif qilmoqda. Eng maqbul xarid narxi “Invest Finance Bank”, “Poytaxtbank” va “Kapitalbank” tomonidan boʻlib, ular valyutani 10 810 soʻmga sotib olishga tayyor.
Oʻtgan juma kuni dollar oʻzining maksimal qiymatini yangilagan edi, oʻshanda banklararo kurs 10 850 soʻmgacha koʻtarilgan.
Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida soʻm atigi 2 foizga qadrsizlangan. Noyabr oyida devalvatsiyaning tezlashishiga qaramay, yillik stavka soʻnggi bir necha yil ichida eng past darajada qolmoqda — hozir u 3% ni tashkil qiladi.
Biroq 2022-yilda Hisob palatasi dollarning oʻrtacha yillik kursini 11 300 soʻm deb kutmoqda.