Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, 2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekistonga 19 ta xorijiy davlatlardan qiymati $230,5 mln ga teng boʻlgan 5 085 ta yuk avtomobillari import qilingan.
Yuk avtomobillari importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1 674 taga oshgan.
Oʻzbekiston yuk avtomobillarini eng koʻp import qilgan davlatlar quyidagicha:
- Xitoy — 3954 ta;
- Rossiya — 787 ta;
- Belarus — 90 ta;
- Litva — 74 ta;
- Koreya — 40 ta.
10 oyda 3257 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan. Shuningdek, Oʻzbekistonda aholiga tegishli boʻlgan 168 810 ta yuk avtomobillari bor.
Avvalroq Spot import qilinadigan tovarlarga tarif kvotalari joriy etilishi haqida yozgan edi.