“Humo Air” aviakompaniyasi “Fargʻona — Soʻx — Fargʻona” yoʻnalishida yoʻlovchi tashuvlari uchun muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlamoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

Parvozlar haftaning dushanba va juma kunlari “Fargʻona — Soʻx” yoʻnalishida soat 10:00da va “Soʻx — Fargʻona” yoʻnalishida soat 12:00da bajarilishi rejalashtirilgan.

Aviaqatnovlar АН-2 samolyotlarida amalga oshiriladi, parvoz davomiyligi 30 daqiqani tashkil etadi.

Yoʻlovchilar aviachiptalarni Fargʻona, Andijon va Namangan aeroportlari hamda Soʻx tumani hokimiyati binolarida xarid qilish imkoniyatiga ega.

Maʼlumot uchun, Soʻxdagi aeroport tumanni rivojlantirish toʻgʻrisidagi Prezident qarori asosida qurilgan, uning maydoni 7 gektar boʻlib, uzunligi 700 metrni tashkil etadi. Qurilish ishlari uchun davlat byudjetidan 6,8 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan.

Avvalroq Spot Nijniy Novgoroddan Urganchga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilganligi haqida yozgan edi.