“Uzcard” matbuot xizmatining xabar berishicha, “Мир” toʻlov tizimlarining tizimlararo hamkorligi doirasida taqdim etilayotgan kartadan kartaga xalqaro oʻtkazmalar xizmati qayta tiklandi.

Shu munosabat bilan Rossiyadagi “Мир” toʻlov tizimi ishtirokchilari va Oʻzbekistondagi “Uzcard” kartalari egalari oʻrtasida pul oʻtkazmalarini amalga oshirishlari mumkin, deyiladi xabarda.

Kompaniyaga koʻra, pul mablagʻlari borasidagi xavfsizlikni taʼminlash, bozor ishtirokchilariga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va koʻlamini kengaytirish maqsadida profilaktika ishlari uchun xizmatlar toʻxtatilgan edi.

Avvalroq Spot “QULAY PUL” MChJga toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilganligi haqida xabar bergan edi.