14-dekabr, seshanba kuni bir qancha banklar dollar kursini oshirdi.

Aksariyat banklar AQSh valyutasi 10 880 soʻmdan sotish, 10 770 — 10 820 soʻmdan sotib olish taklifini bermoqda.

Eng arzon dollar sotayotganlar — Asia Alliance Bank va Madad Invest Bank boʻlib, ularning har biri 10 860 soʻmdan taklif qilmoqda. Eng qulay xarid narxi “Kapitalbank” tomonidan taklif etilmoqda, bank valyutani 10 830 soʻmga sotib olishga tayyor.

Banklararo valyuta kursi ikkinchi kun ketma-ket yangi rekord oʻrnatdi, dushanba kuni u 10 860 soʻmga yetgandi. Bungacha kurs oʻtgan juma kuni oʻzining maksimal qiymatini yangilagan edi, oʻshanda banklararo kurs 10 850 soʻmgacha koʻtarilgan.

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida soʻm atigi 2 foizga qadrsizlangan. Noyabr oyida devalvatsiyaning tezlashishiga qaramay, yillik stavka soʻnggi bir necha yil ichida eng past darajada qolmoqda — hozir u 3% ni tashkil qiladi.

Biroq 2022-yilda Hisob palatasi dollarning oʻrtacha yillik kursini 11 300 soʻm deb kutmoqda.