Ilon Mask karbonat angidridni raketa yoqilgʻisiga aylantirish dasturi boshlanganini eʼlon qildi, dastur Marsga parvozlar uchun ham foydali boʻlishi mumkinligi aytildi, deya xabar bermoqda “vc.ru”.
Tadbirkor Twitterʼdagi sahifasida SpaceXʼning rejalari haqida gapirdi va loyihaga qiziqqan foydalanuvchilarni birgalikda harakat qilishga chaqirdi.
SpaceX atmosferadan karbonat angidridni olib tashlash va uni raketa yoqilgʻisiga aylantirish dasturini ishga tushirmoqda. Agar qiziqsangiz, qoʻshiling, deyilgan postda.
Shuningdek, uning soʻzlariga koʻra, dastur atmosferasi asosan karbonat angidriddan iborat boʻlgan Marsga parvozlar uchun foydali boʻladi.
Avvalroq Spot SpaceX birinchi fuqaro ekipajini parvozga uchirishi, kosmik kemada Yer orbitasiga toʻrt kishi koʻtarilishi haqida yozgan edi.