Ofis ijarasi qimmatligi boʻyicha dunyoda JLL kompaniyasi tadqiqot oʻtkazdi.
Qayd etilishicha, 2021-yilda eng qimmat ofislar reytingida Nyu-Yorkdagi Midtaun Hong-Kong bilan birgalikda birinchi oʻrindan joy oldi. Bu shaharlarda joylashgan ofisning bir kvadrat metri uchun yiliga $2900 toʻlashga toʻgʻri keladi.
Pekindagi moliyaviy koʻcha roʻyxatda ikkinchi pogʻonani egalladi. Bu yerda bir kvadrat metr ofis ijarasi yiliga $2200 ga teng.
Keyingi oʻrinlarni Londondagi Vest-End (bir kvadrat metr uchun yiliga $2100) va Kremniy vodiysi egalladi ($1900).