Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari tadbirkorlik faoliyati boʻyicha navbatdagi monitoring natijalarini eʼlon qildilar.
Unga koʻra, joriy yilning 1-yanvaridan 31-noyabrgacha boʻlgan davrda respublika soliq tushumlari hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 24,1% ga oshdi. Shu bilan birga Xorazm (37,6% ga), Navoiy (37,5% ga), Qashqadaryo (34,0% ga), Toshkent (32,1% ga), Samarqand (31,4% ga) viloyatlarida va Toshkent shahrida (30,4% ga) soliq tushumlarida sezilarli darajada oʻsish qayd etildi.
Shuningdek, tahlil qilinayotgan davr uchun bojxona toʻlovlari boʻyicha tushumlar 38,4% ga oshdi. Daromadning eng yuqori oʻsishi Jizzax (3,9-marta), Sirdaryo (2,3-marta), Xorazm (2,0-marta), Fargʻona (70,0%), Samarqand (64,4%) viloyatlarida, Toshkent shahri (32,9%) va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (45,1%) kuzatildi.
Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, tovarlar eksporti hajmi yil boshidan buyon oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 38,1% ga oshdi.
Tovarlar eksporti hajmining oʻsishi Andijon (50,2%), Samarqand (59,7%), Sirdaryo (43,7%), Jizzax (54,4%), Fargʻona (38,5%) viloyatlarida, Toshkent shahri (54,1%) va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (19,4%) taʼminlandi.
Avvalroq Spot aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari haqida yozgan edi.