Majburiy ijro byurosi Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan koʻchmas mulkni auksionga qoʻydi.
Lot baza va uch qavatli ofis binosi joylashgan hudud boʻlib, uning maydoni 0,5 gektarni tashkil etadi. Binoning maydoni 2075 kv.metr., shundan foydali maydoni 1419 kv.metrni tashkil etadi. Barcha kommunikatsiyalar — gaz, suv, kanalizatsiya, elektr mavjud.
Lotning boshlangʻich bahosi — 10,15 mlrd soʻm. Auksion savdolari 14-yanvar kuni boʻlib oʻtadi, ariza topshirishning oxirgi muddati 12-yanvar.
Obyekt xoʻjalik sudining 2019-yildagi qarori bilan sotuvga qoʻyilgan (4−1001−1908 / 1909-sonli ijro hujjati).
Avvalroq MIB Toshkentdagi “Oqlon” texnoparkining ikkita binosini auksionga qoʻygan edi.