15-dekabr, chorshanba kuni bir qancha banklar dollar kursini oshirdi.
Aksariyat banklar AQSh valyutasi 10 900 soʻmdan sotish, 10 790 — 10 840 soʻmdan sotib olish taklifini bermoqda.
Eng arzon dollar sotayotganlar — “Kapitalbank”, “Asakabank” va Saderat Bank boʻlib, ularning har biri 10 880 soʻmdan taklif qilmoqda. Eng qulay xarid narxi “Sanoat qurilish bank”, “Aloqabank”, “Poytaxtbank”, “Universalbank” va “Invest Finance Bank” tomonidan taklif etilmoqda, banklar valyutani 10 840 soʻmga sotib olishga tayyor.
Banklararo valyuta kursi uchinchi kun ketma-ket yangi rekord oʻrnatdi, seshanba kuni u 10 880 soʻmga yetgandi. Bungacha kurs oʻtgan juma kuni oʻzining maksimal qiymatini yangilagan edi, oʻshanda banklararo kurs 10 850 soʻmgacha koʻtarilgan.
Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida soʻm atigi 2 foizga qadrsizlangan. Noyabr oyida devalvatsiyaning tezlashishiga qaramay, yillik stavka soʻnggi bir necha yil ichida eng past darajada qolmoqda — hozir u 3% ni tashkil qiladi.
Biroq 2022-yilda Hisob palatasi dollarning oʻrtacha yillik kursini 11 300 soʻm deb kutmoqda.