Avvalroq Google xodimlarining ofisga qaytish sanasini yana keyinga qoldirgan edi. Shunday boʻlsa-da, kompaniya vaksina olmagan xodimlarni haq toʻlanmaydigan taʼtilga yubormoqchi.
Xodimlar maʼlumotlarni 3-dekabrgacha Google tizimiga kiritishlari kerak edi, biroq kompaniya qoidabuzarlik sabablarini aniqlash uchun 18-yanvargacha sanksiyalarni qoʻllamaydi, deya xabar bermoqda CNBC ichki hujjatlarga tayanib.
“Google binosiga kirgan har bir kishi toʻliq emlangan yoki tibbiy koʻrsatmaga ega boʻlishi kerak”, deyiladi eslatmada.
Birinchidan, Google emlash talabini buzgan xodimlarni 30 kunlik pullik taʼtilga, keyin esa olti oygacha boʻlgan toʻlovsiz taʼtilga yuboradi. Kompaniya, shuningdek, xodimni ishdan boʻshatishi ham mumkin. Talab masofadan turib ishlaydiganlarga ham tegishli.
Tibbiy yoki diniy eʼtiqodlar tufayli vaksinatsiyadan ozod qilinishi mumkin. Kompaniya har bir murojaatni alohida koʻrib chiqadi. Kompaniyaning bir necha yuz nafar xodimi Google-da majburiy emlashga qarshi manifestni imzoladi va tarqatdi.