Bugun, 16-dekabr kuni Seul shahrida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov va Koreya Хalqaro hamkorlik agentligi prezidenti oʻrinbosari Im Chjon Xi bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan Oʻzbekistondagi IT-Park salohiyatini oshirishga $4,5 mln grant ajratilishi maʼlum qilindi.
Uchrashuv chogʻida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish doirasida axborot texnologiyalari va startaplarni qoʻllab-quvvatlash sohasida yangi loyihalarni yoʻlga qoʻyish, startap ekotizimini va axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish boʻyicha Koreya texnoparklari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Avvalroq Spot IT Park rezidentlari soni 492 taga yetganligi haqida yozgan edi.