Davlat statistika qoʻmitasi 2021-yil 15-dekabr kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, suyakli mol goʻshtining 1 kilogrammi narxi 45 000 — 68 000 soʻmni tashkil qildi. Shuningdek, boshqa asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
- qoʻy goʻshti (1 kilogramm) — 52 000−80 000 soʻm;
- kartoshka (1 kilogramm) — 3000−6500 soʻm;
- piyoz (1 kilogramm) — 1200−4000 soʻm;
- sabzi (1 kilogramm) — 1000−4500 soʻm;
- tuxum (10 dona) — 7000−15 000 soʻm;
- guruch (1 kilogramm) — 4500 -17 500 soʻm;
- oʻsimlik yogʻi (1 litr) — 13 600−24 000 soʻm;
- shakar (1 kilogramm) — 7500−10 500 soʻm.
Narxlarni oʻrganishda dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari inobatga olingan.
Avvalroq Spot meva-sabzavotchilik sohasini rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi haqida yozgan edi.