Prezident qarori loyihasiga koʻra, Oʻzbekistonda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, virtual uyali aloqa operatoridan foydalanishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, baza stansiyalari qurmasdan mavjud aloqa operatorlaridan birining tarmogʻiga kirish imkoniyati berish ham koʻzda tutilgan.
Mobil aloqa xizmatlarni koʻrsatish uchun litsenziya talablarini soddalashtirish, amaldagi toʻlov va soliq miqdorlarini qayta koʻrib chiqish moʻljallangan.
Bundan tashqari, ishlatilgan texnik moylarni toʻplash va qayta ishlash faqatgina bitta korxona tomonidan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan talab bekor qilinadi.
Teng raqobat sharoitini yaratish va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ushbu faoliyat bilan shugʻullanishga ruxsat berish nazarda tutilmoqda.
Avvalroq Spot qishloqlarda yangidan o‘rnatiladigan aloqa operatori stansiyalari mol-mulk va yer solig‘idan ozod etilishi haqida yozgan edi.