SpaceNewsʼning xabar berishicha, xitoyliklar 2026-yilga borib Oyga taykonavtlarni joʻnatishda foydalaniladigan raketa parvozini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Mazkur yangi raketa kerosin va suyuq kislorodda ishlaydigan dvigatellarga ega boʻladi.
SpaceNews maʼlumotiga koʻra, u Oy orbitasiga 27 tonnagacha yukni olib chiqa oladi. Raketaning balandligi 90 metrni tashkil etadi.
Bundan avvalroq Ilon Mask karbonat angidridni raketa yoqilgʻisiga aylantirib, uni Marsdagi parvoz uchun ishlatmoqchi boʻlgandi.