Oʻtgan hafta davomida, “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 181,7 mlrd soʻmlik tovarlar sotilganligi haqida xabar berilgandi.

Birja savdolari

Koʻrib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 716,6 mlrd soʻmlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qoʻyishdi, shu jumladan:

Sement

Oʻtgan hafta mobaynida birja savdolariga 285 660,0 tonna sement qoʻyildi va ulardan 139 387,0 tonnasi, yaʼni 48,8% sotildi. Oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 27,9 ming tonnani tashkil qildi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 515,8 ming soʻmdan 506,3 ming soʻmgacha, yaʼni 1,8% ga pasaydi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 203 xaridor ishtirok etdi.

Suyultirilgan gaz

Birjaning suyultirilgan gaz bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 6 848,0 tonna suyultirilgan gaz qoʻyildi va ulardan 4 475,0 tonnasi, yaʼni 65,3% qismi sotildi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 217,4 ming soʻmdan 3 024,9 ming soʻmgacha, yaʼni 6,0%ga pasaygan.

Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida suyultirilgan gaz boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 8 145,9 ming soʻmni tashkil etdi.

Shakar

Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 12 963,0 tonna shakar qoʻyildi va ulardan 10 932,0 tonnasi, yaʼni 84,3% qismi sotildi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 944,8 ming soʻmdan 7 841,5 ming soʻmgacha, yaʼni 1,3%ga pasaygan.

Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning 3-kategoriyasi boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 8 142,0 ming soʻmni tashkil etdi.

Barcha tovarlar uchun haftalik kotirovkalar bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Avvalroq Spot oʻtgan haftada onlayn auksion orqali 5,4 mlrd soʻmlik avtoraqamlar sotilganligi haqida xabar bergan edi.