Oʻzbekiston oktabr-noyabr oylarida oltin eksportini tikladi, deya xabar bermoqda Davlat statistika qoʻmitasi.
Oʻtgan 11 oyda mamlakatda $4,1 mlrd lik oltin sotilgan boʻlsa, noyabr oyida xorijga $1,73 mlrd lik qimmatbaho metall sotilgan.
Oltin Oʻzbekiston eksportining 26% dan ortigʻini tashkil etdi. Qimmatbaho metallarning umumiy hajmdagi ulushi hamon salmoqli, lekin avvalgidek emas, 2020-yilning shu davrida oltin eksportning 40%ini tashkil qilgan.
Oltin tufayli ham eksportning umumiy hajmi, ham butun tashqi tovar aylanmasi oshdi. Biroq joriy yil boshidan buyon Oʻzbekiston 2020-yilga nisbatan ancha kam oltin sotgan.
Mamlakat 8 oylik tanaffusdan soʻng faqat may oyida oltin eksportini boshladi. Keyinchalik oltin savdosi $1,2 mlrd ni tashkil etdi. Iyun oyida yetkazib berish $191mln gacha qisqardi, shundan soʻng ular yana bir necha oyga toʻxtab qoldi.
Markaziy bank yetarlicha yuqori kotirovkalarda oltin sotuvi qayta tiklanishini aytdi. Noyabr oyining boshida bu sodir boʻldi, KITCO maʼlumotlariga koʻra, bir unsiya oltin narxi bir necha kun davomida taxminan $1860 darajasida ushlab turilgan. Oʻzbekiston bu imkoniyatdan unumli foydalandi.
Koʻpgina mamlakatlarda oltin ishlab chiqaruvchilar uni oʻzlari eksport qiladilar, lekin Oʻzbekistonda yagona sotuvchi Markaziy bank — oltin ishlab chiqaruvchilardan (masalan, NKMK) sotib oladi va boshqa mamlakatlarga (asosan Shveytsariya) eksport qiladi.