Intel HR direktori Kristi Pambianki kompaniya xodimlariga 4-yanvarga qadar emlashning oxirgi muddatini koʻrsatuvchi xat yubordi. Vaksina rad etilsa, ishchilar tibbiy yoki ayrim sabablarga koʻra ozod qilinishi kerak. Bu haqda Associated Press va The Oregonian yozmoqda.
Agar xodimlar boshqa sabablarga koʻra tibbiy koʻrikdan chiqish yoki emlashni rad etishsa, ular 4-apreldan boshlab haq toʻlanmaydigan taʼtilga yuboriladi. Bu kamida uch oy davom etadi. Bundan tashqari, bunday ishchilar, hatto masofadan turib ishlasa ham, har hafta koronavirus testini topshirishlari kerak boʻladi.
The Oregonianʼning taʼkidlashicha, Intel oʻz qarorida federal kompaniyalar xodimlarni emlash majburiyatini olgan AQSh hukumati direktivasiga ishora qiladi. Bu talab shtatda 100 dan ortiq xodimi boʻlgan kompaniyalarga nisbatan qoʻllaniladi.
Biroq Jorjiya va Luiziana shtatlari kompaniyalar daʼvosidan soʻng farmonni toʻxtatib qoʻydi. Ularning fikricha, bunday talab AQSh Konstitutsiyasiga ziddir. Hukumat, oʻz navbatida, ushbu ikki shtatdagi federal sudlarning qarorlari ustidan shikoyat qilgan.
Intel kompaniyasi huquqiy muammolar hal etilmaguncha, kompaniya oʻz qarorini oʻzgarmasligini aytdi. “Biz Luiziana va Jorjiyadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib boramiz. Umid qilamizki, bu ishlarning toʻliq hal etilishi uchun vaqt kerak boʻladi”, — dedi Intel.
Avvalroq Google vaksina olmagan xodimlarni haq toʻlanmaydigan taʼtilga yubormoqchi boʻlgandi.