Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi koʻchmas mulk bozori faollik darajasini tahlil qildi.
Unga koʻra, oʻrtacha hisobda koʻchmas mulk bozorida oʻsish kuzatilmoqda. 2021-yil noyabr oyida Oʻzbekistonda koʻchmas mulk oldi-sotdisi boʻyicha 22,5 mingta shartnoma tuzildi, bu sentyabr oyiga nisbatan 4% ga (21,6 ming) koʻpdir. Mazkur koʻrsatkichning 2020-yil (14,4%) va 2019-yil (40,6%) noyabr oylariga nisbatan keskin oʻsishi uy-joy bozorida talabning hali ham juda balandligidan dalolat beradi.
Eng yuqori oʻsish surʼatlari Surxondaryo (22,9%), Namangan (17,3%), Xorazm (14,3%) viloyatlarida kuzatilgan boʻlsa, Andijon (14,1%), Samarqand (6,6%) va Toshkent (3,7%) viloyatlarida kamayish kuzatildi.
Noyabr oyida oktyabr oyiga nisbatan ikkilamchi bozorda oʻrtacha uy-joy narxlari 1,2% ga oʻsdi. Narxlarda eng katta oʻsish Toshkent (3,2%), Samarqand (3,1%) va Xorazm (3,0%) viloyatlarida kuzatilgan boʻlsa, Navoiy (-1,4%) viloyatida uy-joy narxlari pasaygan.
Avvalroq Spot Oʻzbekistonda oxirgi 10 yilda ichida qurilish ishlariga qancha mablagʻ sarflanganligi haqida yozgan edi.