Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston importida yuqori ulushga ega boʻlgan davlatlar orasida Rossiya va Xitoy yetakchilik qilmoqda.
Rossiyadan $4,7 mlrd lik, Xitoydan esa $4,4 mlrd lik mahsulotlar import qilingan.
Shuningdek, importda yuqori ulushga ega boʻlgan qolgan davlatlar quyidagicha:
- Qozogʻiston — $2,5 mlrd;
- Koreya — $1,6 mlrd;
- Turkiya — $1,5 mlrd;
- Germaniya — $614,6 mln;
- Turkmaniston — $450,6 mln;
- Ukraina — $420 mln;
- Hindiston — $410,7 mln;
- Litva — $397 mln.
Ma’lumot uchun, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasi $37,9 mlrd ga teng boʻldi.
Avvalroq Spot Oʻzbekiston oltin eksportini qayta tiklanganligi haqida yozgan edi.