“Uzbekistan Airways” yangi yil bayram kunlari arafasida — 2021 yilning 29-dekabridan 31-dekabriga qadar Toshkentdan Nukus, Urganch va Buxoro shaharlariga qoʻshimcha qatnovlarni yoʻlga qoʻyadi.
Aviakompaniya xabariga koʻra, aviachiptalar quyidagi harakat jadvali boʻyicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):
“Toshkent — Buxoro — Toshkent” yoʻnalishida 29-dekabr chorshanba kuni qoʻshimcha qatnov amalga oshiriladi. Toshkentdan joʻnab ketish — 17:00, Buxoroga yetib kelish — 18:10. Buxorodan joʻnab ketish — 18:50, Toshkentga yetib kelish — 19:50.
“Toshkent — Nukus — Toshkent” yoʻnalishida 29-dekabr va 31-dekabr kunlari qoʻshimcha reyslar amalga oshiriladi. Toshkentdan joʻnab ketish — 13:10, Nukusga kelish — 14:50. Nukusdan joʻnab ketish — 15:30, Toshkentga yetib kelish — 16:50
“Toshkent — Urganch — Toshkent” yoʻnalishida 29-dekabr va 31-dekabr kunlari qoʻshimcha reyslar amalga oshiriladi. 29-dekabr chorshanba: Toshkentdan joʻnab ketish — 19:30, Urganchga yetib kelish — 21:00; Urganchdan joʻnab ketish — 22:00, Toshkentga yetib kelish — 23:20. 31-dekabr juma: Toshkentdan joʻnab ketish — 12:50, Urganchga yetib kelish — 14:20; Urganchdan joʻnab ketish — 15:20, Toshkentga yetib kelish — 16:40.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.