IT Park mukofot jamgʻarmasi $100 000ni tashkil qiluvchi “mGovAward” respublika tanlovining ikkinchi toʻlqiniga roʻyxatdan oʻtish boshlanganligini eʼlon qildi.

Taʼkidlanishicha, tanlov ishtirokchilari 8 ta yoʻnalishdan biri boʻyicha mobil ilovani ishlab chiqishi kerak. Bular:

  • taʼlim;
  • sogʻliqni saqlash;
  • turizm;
  • transport va logistika;
  • tadbirkorlik;
  • ekologiya va toza energiya;
  • moliya va soliqlar;
  • qonunchilik.

Mazkur tanlovning ishtirokchisi boʻlish istagidagilar esa quyidagi talabni bajarishlari lozim:

  • 3 yoki undan ortiq kishilik jamoani toʻplash;
  • http://mgovaward.uz platformasida roʻyxatdan oʻtish;
  • yoʻnalishni tanlash;
  • ilova haqida video taqdim etish (3 daqiqadan koʻp boʻlmagan);
  • ilovani fayl sifatida taqdim etish.

Arizalar 2022-yilning 28-fevraliga qadar qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish niyatidagilar batafsil maʼlumotni ushbu havoladan olishlari mumkin.