Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston xorijdan qiymati $173,8 mln ga teng boʻlgan 2,6 mln dona mobil telefon import qilgan.

Telefon importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 mln donaga oshgan.

Oʻzbekiston mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar quyidagicha:

  • Xitoy — $88 mln
  • Vyetnam — $68 mln
  • Hindiston — $10 mln
  • Qozogʻiston — $5,3 mln
  • BAA — $1,6 mln
  • Germaniya — $647 ming
  • Rossiya — $175,8 ming

Avvalroq Spot Oʻzbekiston importida eng yuqori ulushga ega 10ta davlat haqida yozgan edi.