Prezident qarori loyihasiga koʻra, Samarqand davlat tibbiyot instituti negizida Samarqand davlat tibbiyot universitetini tashkil etiladi.
Belgilanishicha, Samarqand davlat tibbiyot institutining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
2022-yil 1-yanvardan boshlab oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkaziladi, universitet klinikalari, litseyi, Neyroxirurgiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi, Immunologiya va inson genomikasi ilmiy markazi hamda Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot institutining muassisi universitet hisoblanadi va ularning faoliyati universitet tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Shuningdek, Samarqand viloyati Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlari bilan quyidagi yoʻnalishlarda faoliyat olib boradi.
Taʼlim jarayoni uchun zarur moddiy-texnika, oʻquv-metodik bazani yaratiladi va oʻquv jarayoniga tajribali mutaxassislarni jalb etib boriladi.
Avvalroq Spot Namanganda chet tillari instituti tashkil etilishi haqida yozgan edi.