“Uzbekistan Airways” AJ Yangi yil bayrami munosabati bilan joriy yilning 31-dekabridan 2022-yil 4-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab amalga oshirilayotgan ichki reyslar aviachiptalariga 30% dan 50% gacha chegirmalar eʼlon qildi.
Chegirmalar Oʻzbekiston shaharlari oʻrtasidagi barcha qatnovlarga amal qiladi va quyidagi toifadagi yoʻlovchilar uchun taqdim etiladi:
- yakka tartibdagi yoʻlovchilar 30% ;
- turistik guruhlar (5 va undan ortiq kishi), maktab oʻquvchilari, kollej, litsey, OTM talabalari, Oʻzbekiston Respublikasi IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ tizimlari talabalari va tinglovchilari va boshqa idoralar uchun 40% ;
- oila uchun 50% (2 va undan ortiq, yaʼni: er-xotin va ularning 18 yoshdan oshmagan farzandlari, ota va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari yoki ona va uning 18 yoshdan oshmagan farzandlari) ;
- nafaqaxoʻrlar uchun 50% ;
- nogironligi bor shaxslarga 50% ;
- 1941−1945-yillar urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga 50% ;
- 1941−1945-yillarda urush va mehnat frontida koʻrsatgan fidokorligi uchun orden va medallar bilan taqdirlanganlar uchun 50% ;
- chernobil AES halokati oqibatlarini oldini olishda ishtirok etgan ishtirokchilar uchun 50%.
Shuningdek, 2 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga chegirmalardan bittasini qoʻllashga ruxsat beriladi. Bir nechta chegirmalarni birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yuqorida koʻrsatilgan chegirmalar chaqaloqlar va 2 yoshga toʻlmagan bolalar uchun amal qilmaydi. Aviachipta xarid qilayotganda tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari boʻlishi kerak.
Avvalroq Spot Uzbekistan Airways’ning Dehliga parvozlar sonini oshirganligi haqida yozgan edi.