“Olmaliq” KMK axborot xizmati rahbari Umida Qarshiboyeva maʼlum qilishicha, soʻnggi 5 yilda OKMK mis ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada oshirdi. 2017-yilda 109 885 tonna mis ishlab chiqarilgan boʻlsa, hozirgi kunda kombinat 148,5 ming tonna mis ishlab chiqarmoqda.
“Yoshlik 1 konini oʻzlashtirish” investitsiya loyihasi toʻliq ishga tushirilgach, 2029-yilga borib kombinat 400 ming tonna katodli mis, 50 tonna oltin, 270 tonna kumush ishlab chiqarishga erishadi.
“Agar 2029-yilga kelib mis ishlab chiqarishni 400 ming tonnagacha oshirishga erishsak, bu koʻrsatgichni hisobiga $7−8 mlrd ga yetkazish mumkin boʻladi”, deyiladi xabarda.
Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan misning 60−70%i xomashyo sifatida xorij davlatlariga eksport qilinadi. Oʻzbekistonning mis sanoatidan oladigan daromadi ayni paytda $2,5 mlrd ni tashkil etadi.
Avvalroq Spot mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash hajmi 55 ming tonnaga yetkazilishi haqida yozgan edi.