Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston yengil avtomobil import qilgan asosiy davlatlar orasida Xitoy (6 963 ta) va Koreya (5 630 ta) yetakchilik qilmoqda.

Bundan tashqari, quyidagi davlatlardan ham avtomobil importi amalga oshirilgan:

  • Rossiya — 4 167 ta;
  • Qozogʻiston — 3 731 ta;
  • Polsha — 1 204 ta;
  • AQSh — 479 ta;
  • Litva — 427 ta;
  • Tailand — 250 ta;
  • Germaniya — 103 ta;
  • Yaponiya — 88 ta.

Avvalroq Spot Oʻzbekistonga umumiy qiymati $1,8 mln lik 76 ta elektromobil olib kirilganligi haqida xabar bergandi.