Vazirlar Mahkamasining notariuslar borasidagi hukumat qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Mazkur qaror loyihasi bilan quyidagilar belgilanmoqda:
- birinchidan, notariuslar tomonidan elektron raqamli imzodan foydalangan holda video-konferens-aloqa orqali notarial harakatlarni amalga oshirishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlanmoqda;
- ikkinchidan, jismoniy va yuridik shaxslarning notarial idoraga kelmasdan, masofadan turib murojaat qilishi, navbatga yozilishi va ayrim turdagi notarial xizmatlardan onlayn foydalanish tartibi belgilanmoqda;
- uchinchidan, notariusga hujjatlarni taqdim etish va notarial harakatni amalga oshirishda ortiqcha byurokratiya va sansolarlik holatlari oldini olish boʻyicha qoidalar kiritilmoqda;
- toʻrtinchidan, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish tartibi soddalashtirilmoqda.
Qaror loyihasining qabul qilinishi bilan notariuslar tomonidan ayrim turdagi notarial harakatlarni masofadan turib, onlayn amalga oshirishning aniq tartib-taomillari belgilab beriladi.
Avvalroq fuqarolarga pensiya hisobvaragʻida qancha mablagʻ yigʻilganini onlayn kuzatish imkoniyati berilgan edi.