Oʻtgan hafta davomida, “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 302,9 mlrd soʻmlik tovarlar sotilganligi haqida xabar berilgandi.
Birja savdolari
Koʻrib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 840,0 mlrd soʻmlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qoʻyishdi, shu jumladan:
Benzin
Oʻtgan haftada birjada AI-80 rusumli avtomobil benzinining narxi sezilarli pasaydi. Oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 4,4 ming tonnani tashkil qildi. Sotuvning umumiy hajmi 21 940,0 tonnani tashkil etdi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 8 151,3 ming soʻmdan 7 762,3 ming soʻmgacha, yaʼni 4,8% ga pasaydi.
Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida AI-80 rusumli avtomobil benzini boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 7 914,2 ming soʻmni tashkil etdi.
Paxta yogʻi
Oʻtgan haftada birja savdolarida 2 601,0 tonna paxta yogʻi sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 61 xaridor ishtirok etdi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yogʻining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 15 745,9 ming soʻmdan 15 616,9 ming soʻmgacha, yaʼni 0,8% ga pasayganini taʼkidlash lozim.
Shakar
Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 11 982,0 tonna shakar qoʻyildi va ulardan 9 635,0 tonnasi, yaʼni 80,4% qismi sotildi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 864,9 ming soʻmdan 7 759,9 ming soʻmgacha, yaʼni 1,3%ga pasaygan.
Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning TS-2 — kategoriyasi boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 7 789,0 ming soʻmni tashkil etdi.
Barcha tovarlar uchun haftalik kotirovkalar bilan mazkur havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.