Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, endilikda tadbirkorlikni qayta roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganidan 5 ish kunida qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun murojaat qilinsa davlat boji toʻlanmaydi.
Tadbirkorlikni roʻyxatdan oʻtkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Ilgari bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida undirilgan.
Avvalroq Spot elektron tijorat ishtirokchilariga soliq borasida imtiyozlar berilishi haqida yozgan edi.