UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Equinox haqida maʼlumot berdi. Taʼkidlanishicha, yumshoq gibrid start-stop tizimi bilan ishlaydi. Ushbu avtomobillarda oddiy starter oʻrniga kuchli quvvatli motor-generator oʻrnatilgan. U sekinlashganda elektr energiyasini ishlab chiqarib, yuqori quvvatli akkumulyatorni zaryadlaydi.

Ichki yonish dvigateli oddiy generatorni aylantirish uchun kamroq energiya sarflaydi yoki umuman sarflamaydi. Yangi gibrid tizimi aynan elektromobilning elektr rejimida ishlay olmasa ham, u shunga oʻxshash gibrid boʻlmagan versiyalarga nisbatan shaharda ham, magistralda ham yoqilgʻi samaradorligini oshirishni taʼminlaydi. Aynan ushbu tizim sababli yoqilgʻi sarfi sezilarli darajada kamayadi va 100 km uchun atigi 7,01 litrni tashkil qiladi.


Yangi gibrid tizim -Gibrid transportlar standart avtomobillarga nisbatan kamroq emissiyaga ega boʻlganligi sababli ekologik nuqtai nazardan toʻgʻri yoʻnalishdagi qadamdir, deyiladi xabarda.

Chevrolet Equinox MY2022 yangi modeli uchun shartnomani CHEVROLET ning rasmiy dilerlaridan olish mumkin.

Chevrolet Equinox MY2022 ning narxlari quyidagicha:

(narxlar QQSsiz koʻrsatilgan)

  • 1.5T LS FWD komplektatsiya: 250 732 510 soʻm;
  • 2.0T 1LT FWD MH komplektatsiya: 338 260 870 soʻm;
  • 2.0T 1LT AWD MH komplektatsiya: 365 217 391 soʻm;
  • 2.0T 3LT AWD MH komplektatsiya: 391 304 348 soʻm.

Kompaniyaning qoʻshimcha qilishicha, boshlangʻich 1.5T LS FWD komplektatsiyali avtomobilni sotib olish istagida boʻlgan xaridorlar, kompaniyaning rasmiy dilerlarida ariza qoldirishlari yoki rasmiy sayti info@uzautomotors.com orqali onlayn tarzda ariza yuborishlari mumkin. Toʻplangan arizalarning soniga qarab, kompaniya ushbu avtomobilning yetkazilib berilishini taʼminlaydi.

Avvalroq Spot UzAuto Motors Ozarbayjonda avtomobil ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyganligi haqida yozgan edi.