Hukumat qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, fuqarolarni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish, bekor qilish va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish xizmatlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona ijtimoiy davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Roʻyxatga olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar roʻyxatidan uy-joy hujjatlari chiqarib tashlandi.

Shuningdek, doimiy roʻyxatga olish rasmiylashtirilganda QR-kod bilan himoyalangan qayd varagʻi beriladi.

Ushbu nizom Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun tatbiq etilmaydi.

QR-kod nima, undan qanday foydalanish haqda mana bu yerda tanishishingiz mumkin.