Astrum IT Akademiyasi asoschisi va Khan Academy Uzbek rahbari Botir Arifjonov LeBazarʼdan ketdi. Bu haqda tadbirkor Facebookʼdagi sahifasida maʼlum qildi.
U kompaniyadagi ulushini “Korzinka” supermarketlar tarmogʻi asoschisi Zafar Hoshimovga sotgan.
“Bu qaror menda maʼlum vaqt davomida pishib keldi desam boʻladi. Hamkorligimiz davrida biz koʻtarilish va pasayish, yaxshi va yomondan iborat boʻlgan qiziqarli davrlarni boshdan kechirdik. LeBazar esa mening „bolacham“ va u yuragimda qoladi. Lekin men biznesga bogʻlanmaslikka oʻrganganman va qaror qabul qilishim kerak boʻlganda, men buni sof foydaning sovuq mantigʻi asosida qabul qilaman”, — dedi Arifjonov.
Zafar Hoshimov sobiq hamkorni “afsona” va “elektron tijorat gurusi” deb atagan. Shuningdek, u Arifdjanov tufayli Lebazar “bozorda qulaylik, imtiyozlar va xizmat koʻrsatish sifati bilan oʻzini namoyon qilganini” taʼkidladi.
“Xizmat oyoqqa turdi, muvaffaqiyatli rivojlanmoqda va oʻz oldiga yangi maqsadlar qoʻygan. Loyihani professional va yaxshi oʻqitilgan jamoa boshqaradi”, — deb yozdi Hoshimov Facebookʼda.
Tomonlar kelishuv qiymatini oshkor qilishmadi.
LeBazar — 2016-yilda ishga tushirilgan oziq-ovqat va taom buyurtmalarini yetkazib berishga moʻljallangan onlayn platforma. Xizmat ayni kunga kelib Kanstik doʻkonidan kanselyariya mahsulotlari, ITV “pristavka"lari va Beeline Sim-kartalarini ham yetkazib berishni yoʻlga qoʻygan.