Oʻzbekistonda 2022-yil 1-yanvardan aholi va tadbirkorlardan 15 turdagi hujjat va maʼlumotlarni soʻrash tartibi bekor qilindi.
Mazkur hujjatlar quyidagicha:
- moliyaviy hisobotlar nusxalari;
- jismoniy shaxslarning oxirgi 12 oydagi ish haqini tasdiqlovchi maʼlumotnomalar;
- ijtimoiy nafaqa va pensiyalar toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni soʻrash bekor boʻladi.
Shuningdek, ayrim turdagi faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar ham talab etilishi mumkin emas:
- tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma maʼlumotlari;
- litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar qabul qilinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma mavjudligi boʻyicha maʼlumotlar;
- davlat boji, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
- qimmatli qogʻozlar, qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar, dividendlar olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
- kam taʼminlangan oila yoki oila aʼzosi sifatida roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
- jismoniy shaxslar tomonidan toʻlangan va olingan alimentlar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
- oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari;
- jismoniy shaxs oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqida maʼlumotlar;
- jismoniy shaxs umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) muassasasini tugatganligi haqida maʼlumotlar;
- fuqaro “yoshlar daftari” yoki “ayollar daftari"da mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
- oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
- oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlarning imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisida maʼlumotlarni talab qilish bekor qilinadi.
Bunda davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirishda yuqoridagi hujjat va maʼlumotlarni belgilangan masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab oladi.
Avvalroq Spot Oʻzbekistonda 1-yanvardan nimalar oʻzgarganligi haqida batafsil yozgan edi.