2022−2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasiga koʻra, mintaqa davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlik boʻyicha qoʻshma komissiyalar faoliyatini yanada faollashtirish va kengaytirish choralarini koʻrish nazarda tutilgan.
Shuningdek, Qozogʻiston va Turkmaniston bilan chegaraoldi erkin savdo hududlarini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish ham moʻljallanmoqda.
Bundan tashqari, “Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston” temir yoʻli loyihalari jadallashtiriladi. Mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlikning barcha yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik yanada rivojlantiriladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston chegaraoldi nazorat-oʻtkazish punktlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish orqali ularning oʻtkazuvchanligini oshirish ishlari amalga oshiriladi. Rekonstruksiya ishlari Davlat bojxona qoʻmitasi talablariga va xalqaro standartlarga mos ravishda amalga oshiriladi.
Avvalroq Spot Oʻzbekiston importida eng yuqori ulushga ega 10 ta davlat haqida yozgan edi.