Prezident farmoni loyihasiga koʻra, Oʻzbekistonda fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlarini himoyalash maqsadida zamonaviy kommunikatsion dasturlar hamda milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar yaratiladi.
Xususan, 2022-yil dekabrga qadar milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar hamda axborot kommunikatsion dasturlar yaratish ishlari olib boriladi.
Bunda yaratilgan dastur hamda milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlarni auditoriyasining qamrovi ortishiga qarab soliq imtiyozlarni berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, milliy kommunikatsiya platformalarini aholi orasida ommalashtirish uchun:
- milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlarni zamonaviy dizayn hamda texnik talablar asosida yangilab borishni yoʻlga qoʻyiladi;
- aholi oʻrtasida milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlarni targʻiboti boʻyicha amaliy choralar koʻriladi;
- fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari xavfsizligini taʼminlanadi.
Avvalroq Spot qishloqlarda yangidan oʻrnatiladigan aloqa operatori stansiyalari mol-mulk va yer soligʻidan ozod etilishi haqida yozgan edi.