Iqtisodiyot va biznes tadqiqotlari markazi (CEBR) ma’lumotlariga ko’ra, global yalpi ichki mahsulot pandemiyadan keyingi tiklanishning davom etishi tufayli o’sadi.
Garchi inflyatsiya davom etsada, siyosatchilar uchun iqtisodiyotning retsessiyaga qaytishining oldini olish qiyin bo’ladi.
Prognoz Xalqaro Valyuta Jamg’armasining hisob-kitoblariga mos keladi, shuningdek, dollar va joriy narxlarda o’lchanadigan global yalpi ichki mahsulot 2022-yilda $100 trlndan oshadi.
“2020-yillar uchun eng katta savol — bu global iqtisodiyot inflyatsiyaga qanday dosh berishidir”, — deya Bloombergga intervyu berdi CEBR vitse-prezidenti Duglas MakWilliams.
Yillik Jahon Iqtisodiy Ligasi jadvalida CEBR shuningdek quyidagi prognozlarni taqdim etgan.
- Xitoy 2030-yilda AQShdan o‘tib ketadi;
- Hindiston kelasi yili Fransiyadan oltinchi o‘rinni qaytarib oladi va 2031-yilda uchinchi yirik iqtisodiyotga aylanadi;
- Buyuk Britaniya Brexitga qaramay, 2036-yilda Fransiyadan 16 foizga o’zib ketadi;
- Germaniya 2033-yilda Yaponiya iqtisodiyotini ortda qoldiradi;
- Iqlim o’zgarishi 2036-yilgacha iste’mol xarajatlarini yiliga o’rtacha 2 trillion dollarga kamaytiradi, chunki kompaniyalar investitsiyalarni karbonsizlantirish xarajatlarini o’tkazadilar.