Oʻtgan hafta davomida “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 1 858,7 mlrd soʻmlik tovarlar sotildi. Savdolar avvalgi haftaga nisbatan 19,3% ga kamaydi.

Bunda sotuvlarning 88,4% — birja savdolari; 0,2% — koʻrgazma-yarmarka savdolari; 11,0% — elektron davlat xaridlari va 0,3% — avtoraqamlarning onlayn-auksioniga toʻgʻri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 700,9 mlrd soʻmni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida oʻtkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 15,5 mlrd soʻmlik mablagʻlari tejaldi.

Avtoraqam

Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 2 078 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,0 mlrd soʻmni tashkil qildi.

Savdolar natijasida bitimlarning:

  • 9,0% birinchi toifadagi avtoraqamlarga;
  • 14,4% ikkinchi;
  • 13,7% uchinchi;
  • 13,5% toʻrtinchi;
  • 19,0% beshinchi;
  • 30,4% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Maʼlumot uchun, bundan avvalgi haftada onlayn auksion orqali 6,0 mlrd soʻmlik avtoraqamlar sotilgan edi.