Prezident qaroriga koʻra, 2022-yilning 31-dekabriga qadar Oʻzbekiston hududiga olib kirishda import bojining nol stavkasi qoʻllanadigan tovarlar roʻyxati:

  • 0105-tovar pozitsiyasida koʻrsatilgan yangi soʻyilgan, sovitilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi goʻshti va qoʻshimcha ozuqabop mahsulotlar;
  • bugʻdoy uni yoki bugʻdoy-javdar uni;
  • 1006-tovar pozitsiyasida koʻrsatilgan guruchdan tashqari boshqa usullarda qayta ishlangan (masalan, oqishoq yoki yanchilgan koʻrinishda poʻsti tozalangan, bosilgan, yorma qilib qayta ishlov berilgan, (oqlangan) boshoqli donlar;
  • butun, yorma koʻrinishida bosilgan yoki yanchilgan boshoqli don murtagi;
  • kimyoviy tarkibi oʻzgartirilmagan holda tozalangan yoki tozalanmagan kungaboqar, maxsar yoki paxta moyi va ularning fraksiyalari;
  • sovun; tarkibiga sovun qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan, bruslar shaklidagi yoki qoliplangan buyumlar koʻrinishidagi sovun sifatida ishlatiladigan yuzaga faol taʼsir koʻrsatuvchi organik moddalar va vositalar;
  • suyuqlik yoki krem koʻrinishidagi va chakana sotish uchun qadoqlangan, tarkibiga sovun qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan, yuzaga faol taʼsir koʻrsatuvchi organik moddalar va terini yuvish vositalari;
  • yuzaga faol taʼsir koʻrsatuvchi organik moddalar (sovundan tashqari); tarkibiga sovun qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan (3401-tovar pozitsiyasidan tashqari) yuzaga faol taʼsir koʻrsatuvchi moddalar, yuvish vositalari (shu jumladan yordamchi yuvish vositalari) va tozalash vositalari.


Avvalroq jismoniy shaxslarga 2022-yil uchun minimal ijara stavkalari belgilangan edi.