Oʻtgan yili Oʻzbekistonga 254 trln soʻm yoki $23,5 mlrd lik investitsiyalar oʻzlashtirildi, bu haqda Oʻzbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov bilan uchrashuvda maʼlum qilindi.
Yigʻilishda 2020-yilga nisbatan oʻzlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hajmi 9% ga oshganiga aniqlik kiritildi.
Shundan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar $8,6 mlrd ni tashkil etdi, bu 2020-yilda jalb qilinganidan 30% ga ($6,6 mlrd), shuningdek, 2021-yilda kutilayotgan ($7,5 mlrd)dan 14,6% ga koʻpdir.
Davlat investitsiya dasturi doirasida yil davomida umumiy qiymati $5,9 mlrd lik 318 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilib, hududiy dasturlar asosida umumiy qiymati $7,4 mlrd lik yana 15,7 mingta loyiha amalga oshirilgan.
Shuningdek, quvvati toʻliq oʻzlashtirilmagan 1,9 ming korxona oʻzida toʻliq ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga muvaffaq boʻldi. Toʻxtab qolishlarning bartaraf etilishi ishlab chiqarish hajmini 4 trln soʻmdan ortiq, eksport hajmini $184 mln ga oshirish imkonini berdi.
Sardor Umurzoqov mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda investitsiya loyihalarini joylarda ishlab chiqadigan hududiy loyiha guruhlarini tashkil etishni tezlashtirishni buyurdi. Ular mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha hokim oʻrinbosarlari bilan hamkorlik qilishi kerak, dedi vazir.
Shuningdek, 2022-yilda eksport salohiyati va eksport hajmini oshirish boʻyicha topshiriqlar berdi.