Xorijiy davlatlarda ishlash istagida boʻlgan fuqarolarni kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitish rejalashtirilmoqda.

Bunda, “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari, qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazlari, qisqa muddatli kasb-hunarga oʻqitish kurslari, kasb-hunarga oʻqitish maskanlari, turli vazirlik va idoralar hamda nodavlat taʼlim muassasalari quvvatlari va imkoniyatlaridan samarali foydalanish choralarini koʻrish rejalashtirilgan.

Xorijda ishlash istagida boʻlgan fuqarolarni kasb-hunarga va xorijiy tillarga oʻqitish tashkil etiladi. Bunda, 50 ming nafar fuqaro oʻqitiladi.

Taʼkidlanishicha, 2022-yilda 21 ming kasbga oʻqigan fuqarolarga xorijiy tillar yoki kasb boʻyicha malaka imtihonlarini topshirish, yoʻl chiptasini xarid qilish, rivojlangan davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun “ishchi viza"ni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlanadi.

Avvalroq Spot mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari uchun moliyaviy savodxonlik loyihasi ishga tushganligi haqida yozgan edi.